“O‘zgidromet”ning ogohlantirishicha, 2020-yil 19-noyabr mahalliy vaqt bilan soat 08:00 dan 20-noyabr soat 08:00 gacha dengiz sathidan 2000 m. balandlikda joylashgan Chimyon tog‘ zonasida qor ko‘chki xavfi bor.

Foto: Sof

Eslatib o‘tamiz, kecha FVV ham noqulay ob-havo sharoiti 20-noyabr kuniga qadar davom etishi kutilayotgani haqida ogohlantirib, fuqarolardan zaruratsiz shaxsiy transport vositalaridan foydalanmaslikka chaqirgandi.

Shuningdek, mamlakat aholisi tezligi 15-20 m/s gacha yetishi mumkin bo‘lgan shamol, kechasi 8-15 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq hamda havo haroratidagi keskin o‘zgarishlar natijasida yo‘llarda muzlama va tirbandliklardan ogohlantirildi.

Mavzuga doir:
Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar beshligidan joy oldi
Ertaga ham respublikamizning ba’zi joylarida qor yog’ishi mumkin
Ertaga respublikamizning ba’zi joylarida qor yog’ishi mumkin