Ichki ishlar vazirining 11 martdagi shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqida vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

tayinlov iiv ichki ishlar
Foto: IIV matbuot xizmati

Bunga ko’ra:

Podpolkovnik Xudaybergenov Navruz Baxtiyarovich

Xorazm viloyati Urganch tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar N.Xudaybergenov Xorazm viloyati Yangibozor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Masharipov Azamat Yangiboevich

Xorazm viloyati Yangibozor tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Tayinlovga qadar A.Masharipov Xorazm viloyati Gurlan tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.