Poytaxtda havoning keskin sovushi natijasida ko‘chalarda transportdan foydalanishda bir qator muammolar yuzaga kelishini inobatga olib, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan bugun, 19-noyabr kuni fuqarolarning shaxsiy transportlaridan foydalanmasliklarini tavsiya qilmoqda.

Foto: “Toshshahartransxizmat” axborot xizmati

Avtobuslar sonini maksimal darajada ko‘paytirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Bugun Toshkent bo‘ylab harakatlanadigan avtobuslar soni va qaysi avtobus saroyidan nechta avtobus harakatlanishi quyidagicha:

1. 1-Avtobus saroyi: 107 ta
Katta sig‘imli: 46 ta
Kichkina sig‘imli: 59 ta

2. 2-Avtobus saroyi: 121 ta

Katta sig‘imli: 76
Kichkina sig‘imli: 45 ta

3. 4-Avtobus saroyi: 104 ta

Katta sig‘imli: 50 ta
Kichkina sig‘imli: 54 ta

4. 5-Avtobus saroyi: 90 ta

Katta sig‘imli: 35 ta
Kichkina sig‘imli: 55 ta

5. 7-Avtobus saroyi: 118 ta

Katta sig‘imli: 52 ta
Kichkina sig‘imli: 64 ta

6. 8-Avtobus saroyi: 174 ta

Katta sig‘imli: 90 ta
Kichkina sig‘imli: 84 ta

7. 12-Avtobus saroyi: 133 ta

Katta sig‘imli: 55 ta
Kichkina sig‘imli: 78 ta

8. 18-Avtobus saroyi: 144 ta

Katta sig‘imli: 66 ta
Kichkina sig‘imli: 78 ta

Qayd etilishicha, umumiy hisobda 991 ta avtobus yo‘nalishga chiqarilishi belgilangan.

Mavzuga doir:
1-noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi