Bryussel hukumati komendantlik soatini dekabr oyining o‘rtalarigacha uzaytirishga qaror qildi.

Foto: RIA Novosti

Oktabr oyi oxirida Bryusselda koronavirusni yuqtirganlar soni keskin ko‘paygani sababli, aholining harakati kechki 22:00 dan tonggi 06:00 gacha cheklangandi.

Bugun Bryussel shahar rahbari Rudi Vervort komendantlik soati 2020-yil 13-dekabrigacha uzaytirilishini ma’lum qildi.

“Bryusseldagi pandemiya statistikasi hali ham xavotirli bo‘lmoqda”, – degan shahar rahbari.

Belgiyaning Sciensano tadqiqot markazining ma’lumotlariga ko‘ra, 18-noyabr kuni poytaxtda 400 dan ortiq yangi COVID-19’ni yuqtirish holatlari ro‘yxatga olingan.

Belgiyaning Valloniyasi ham komendantlik soatini uzaytirgan.

Mavzuga doir:
Belgiya sobiq qirolining noqonuniy qizi sud orqali malika unvonini oldi
Bryusselda 1-oktabrdan karantin choralari kuchaytiriladi