14-noyabrdan beri Stepanakertga 2,6 mingdan ziyod qochqin qaytib keldi, deb xabar berdi Rossiya mudofaa vazirligi.

Foto: RIA Novosti

“2020 yil 18-noyabrda yana 936 qochqin Armaniston Respublikasi hududidan Tog’li Qorabog’ … oldinroq uylarini tashlab ketgan 2,6 mingdan ortiq aholi Stepanakertga qaytishdi”, – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, qochoqlar bilan avtobuslarning aloqa chizig’i bo’ylab harakatlanishi xavfsizligi Rossiya harbiy xizmatchilari tomonidan ta’minlangan.

Tog’li Qorabog’da sulh bitimi imzolangandan so’ng, o’tgan haftadan beri Yerevanda norozilik namoyishlari bo’lib o’tmoqda. Namoyishchilar talablari orasida mamlakat bosh vazirining iste’fosi, vaqtinchalik hukumat tuzilishi va muddatidan oldin saylovlar o’tkazilishi ham bor.

Tog‘li Qorabog‘dagi janglar 27-sentabrda boshlangandi. Ozarbayjon va Armaniston sulh to‘g‘risida kelishib olishga bir necha bor urinishgan. Ammo har safar tomonlar bir-birini sulh bitimini buzishda ayblab kelishayotgandi.

Avvalroq Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Qorabog’da o’t ochishni to’xtatish to’g’risida qo’shma bayonot qabul qilishgani haqida xabar bergandik. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan keltirilgan bayonotga ko’ra, 10-noyabrda Tog’li Qorabog’da to’liq sulh boshlanadi, Ozarbayjon va Armaniston egallab turgan pozitsiyalarida to’xtaydi, shuningdek, harbiy asirlarni almashtirishlari lozim bo’ladi.