Rossiya avtobozorini tark etishga tayyorgarlik koʻrayotgan Ravon kompaniyasi ushbu mamlakatda taqdim etayotgan barcha rusumdagi avtomobillari narxini tushirdi. “Xalq so’zi” bu haqida yozmoqda.

Foto: Autostrada

“Sena Avto” portali maʼlumotiga koʻra, mart oyidan boshlab R2, Nexia R3 va R4 modellari mos ravishda 7 mingdan 49 ming rublgacha arzonlashtirilgan.

Masalan, hozirgi kunda R2 xetchbeki 639 ming-689 ming rubldan taklif etilmoqda. Bu oldingi narxidan 7 ming-9 ming rubl arzondir.

Nexia R3 narxi esa 28 mingdan 49 ming rublgacha pasayib, 639 ming-699 ming rublgacha sotilyapti.

Ravon R4 brendi ham 13 ming-19 ming rublgacha arzonlashib, 659 ming – 739 ming rublgacha taqdim etilyapti.

Daily Motor manbasiga koʻra, 2020-yil oʻrtalariga kelib Ravon savdo belgisi Rossiya, Qozogʻiston va Belarus bozorlarini tark etadi. Ular Chevrolet markalariga almashtiriladi.