Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi profilaktik tibbiyot bo‘yicha bolalar mutaxassisi Leyla Namozova-Baranovaning aytishicha, bunday dorilarni bolalarda qo‘llash kelajakda salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Foto: Google

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, antibiotiklarni qabul qilish ortiqcha tana vaznining shakllanishiga olib kelishi mumkin.

“Bola hayotining birinchi oylarida yoki yillarida belgilangan antibiotiklar, uning salomatligini izdan chiqarishi, masalan, og‘ir yoki semizlik shakllanishi, yoki metabolik kasalliklar bilan bog‘liq ba’zi boshqa kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin”, – deydi Namozova-Baranova.

Avvalroq Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi favqulodda yordam va sog‘liqni saqlash xavflarini boshqarish boshqarmasi boshlig‘i Inna Kulikova Departament fuqarolarning koronavirus uchun antibiotiklardan foydalanish istagidan xavotirda ekanini aytgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, antibiotiklarni qo‘llash COVID-19’ga ta’sir qilmasligiga qaramasdan, preparatlarga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshgan.

Mavzuga doir:
Oshqozon yarasi o‘z vaqtida davolanmasa yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin
Koronavirusda og’iz chayish foydali ekanligi aniqlandi