Buyuk Britaniya hukumati koronavirusni oldini olish uchun binolarni muntazam ravishda shamollatib turishni taklif qildi. Bu haqda Daily Mail haqida yozmoqda.

Foto: Kazinform

Olimlar, qishda koronavirus bilan kasallanish xavfi xonalarni yaxshi shamollatmaslik tufayli uchdan bir qismga o’sishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu ayniqsa, idoralar va o’quv muassasalariga taalluqlidir.

Hukumat mutaxassislar bilan maslahatlashgandan so’ng, xonalarni muntazam shamollatish zarur degan xulosaga keldi. Ular derazalarni ochib qo’yish yoki vaqti-vaqti bilan xonani 10-15 daqiqa davomida shamollatishni tavsiya qilishgan.

Ushbu chora infeksiya xavfini 70 foizga kamaytiradi, degan rasmiylar.

“Barchamiz ko’p vaqtimizni uyda o’tkazamiz, shuning uchun xonani shamollatish juda muhimdir”– degan Britaniya sog’liqni saqlash vazirining o’rinbosari Jo Cherchill.

Mavzuga doir:
Olimlar COVID-19 bilan kasallanganlarda immunitet qancha saqlanishini aniqladilar
Koronavirusda og’iz chayish foydali ekanligi aniqlandi