The Economist nashri dunyoning yashash eng arzon va eng qimmat bo‘lgan shaharlari ro‘yxatini e’lon qildi. Unda Toshkent shahri eng arzon shaharlar ro‘yxatida Damashqdan keyingi oxirgi o‘rinni egallagan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Worldwide Cost of Living (butun dunyo bo‘ylab yashash qiymati) bu har ikki yilda bir marta The Economist Intelligence Unit tomonidan o‘tkaziladigan tadqiqot bo‘lib, dunyodagi 130 dan ortiq shaharlarda 138 ta mahsulot va xizmatlar bo‘yicha 400 dan ortiq individual narxlarni taqqoslaydi va mijozlar so‘rovlariga binoan moslashtirilgan shahar ro‘yxatini yaratish imkoniyatini beradi.

Unga ko‘ra, eng qimmat shaharlar beshtaligi:

  1. Syurix (Shveysariya)
  2. Parij (Fransiya)
  3. Gongkong (Xitoy)
  4. Singapur (Singapur)
  5. Tel-Aviv (Isroil)

Eng arzon shaharlar beshtaligi:

  1. Damashq (Suriya)
  2. Toshkent (O‘zbekiston)
  3. Lusaka (Zambiya)
  4. Karakas (Venesuela)
  5. Olmata (Qozog‘iston)

“Koronavirus pandemiyasi sababli oziq ta’minoti zanjirida yuzaga kelgan muammolar, hukumat harakatlari, daromadlarning pasayishi va turmush tarzining o‘zgarishi bu yilgi narxlar pasayishining asosiy sabablari bo‘ldi”, — deyiladi nashr izohida.

Mavzuga doir:
Oliy ta’lim muassasalari milliy reytingi e’lon qilindi
O‘zbekiston “Farovonlik indeksi”dagi o‘rnini yaxshiladi