Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda gidrometeorologiya sohasini isloh qiluvchi qarorni imzoladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

17-noyabr kuni Prezident tomonidan imzolangan qarorga muvofiq, Toshkent gidrometeorologiya kolleji negizida Toshkent gidrometeorologiya texnikumi tashkil etiladi.

Texnikum gidrometeorologiya sohasida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy o‘quv muassasasiga aylanadi.

Shuningdek, texnikumda kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasi va to‘lov-shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Qolaversa, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev yaqinda gidrometeorologiya xizmati faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazgandi.

Unda Gidrometeorologiya xizmati markazining moddiy-texnik bazasi eskirgani, iqtisodiy rentabelligi pastligi e’tirof etilgandi.

Mavzuga doir:
Oʻzbekiston Afgʻonistonda temir yoʻl quradi
1-dekabrdan Davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi tashkil etiladi