Bugun yana bir gumanitar yuk ortilgan poyezd O’zbekistondan Qirg’izistonga yuborildi. Bu haqda “O’zbekiston temir yo’llari” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Aziya-Plyus

Qayd etilishich, 200 o’ringa mo’ljallangan ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlari qo’shni davlat “Qizil-Qiya” temir yo’l stansiyasiga yetib keldi.

Ular yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurilishiga yo’naltirilgan. Yaqin kelajakda qardosh davlatga yana bir xil modulli inshootlarni yuborish rejalashtirilgan.

Qo’shimcha qilinishicha, ushbu aksiya O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan birodar Qirg’iz xalqini qo’llab-quvvatlash tadbiri doirasida tashkil etildi.

Eslatib o’tamiz, kecha ham Qirg‘izistonga yana bir insonparvarlik yordami sifatida uch ming tonna bug‘doy jo’natilgani haqida xabar bergandik.