Pandemiya davridagi inqirozga qaramasdan, yangi flagman — “iPhone 12” savdosi yaxshi ketmoqda. Hatto ayrim mamlakatlarda “ayfonlar” taqchilligi yuzaga kelgan, Apple’ni ehtiyot qismlari bilan ta’minlovchi kompaniyalarga ish esa anchagina ko’paygan, deb yozmoqda Ferra.

Foto: Ferra

Nashr manbalariga ko‘ra, “iPhone” ta’minotchilari ayrim bozorlardagi cheklangan zaxiralar muammosini hal etish ustida bosh qotirishmoqda.

Sababi shundaki, ayrim mintaqalarga oldindan buyurtma qilingan smartfonlar 2-3, ba’zida 3-4 hafta kech yetib bormoqda. Buning sababi — mahalliy operatorlar tomonidan buyurtmalarning kattaligi.

“Ayfonni” yig‘ishda ishtirokchi-sherik kompaniyalar — “Foxconn” va “Pegatron”, shuningdek, Genius Electronic Optical (GEO) kamerasi modullarini yetkazib beruvchisi qo‘shimcha ish soatlari joriy etib, ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadida yangi ishchilar yollamoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:
Apple Belorussiyada uchta Telegram kanalini bloklashni talab qildi
“Apple” kelasi oyda iPhone 12 mini’ni taqdim etishi mumkin