O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi Farmoniga asosan Hasan Murotovich Kabirdjanov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi.

Foto: MIB

“Bosh prokuratura jamoasi Hasan Murotovichni yangi lavozim bilan tabriklab, kuch-quvvat, salomatlik va ishlarida ulkan zafarlar tilab qoladi!”, – deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Byuroning avvalgi rahbari Botir Qudratxo‘jayev o‘tgan oyda Xorazm viloyati prokurori etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 29-maydagi Prezident farmoniga ko‘ra, Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti tugatilib, Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgan edi.

Mavzuga doir:
Samarqandda ota oʻz farzandlariga aliment pullari oʻrniga uy sovgʻa qildi
MIB tomonidan savdoga chiqarilgan mulk o‘z narxidan 17 barobar qimmatga sotildi