Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 25.273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Toshkent viloyatida shu yilning 29-sentabr kuni Chirchiq shahar IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qora-dori” maxsus tezkor tadbir davomida, Chirchiq shahar Madaniyat ko‘chasida xonadonlarning biri tekshirilganida, 39 yoshli fuqaro Xafiz A., xonadonning balkonida joylashgan stol tagida, 1 dona uch litr hajmli, 2 dona 1 litr hajmli, 1 dona 1,5 hajmli bankalarda, 1 dona 20 litr hajmli yelim chelakda, 1 dona 40 litr hajmli yelim chelakda, 1 dona yelimdan ishlangan kir yuvish tog‘orasida jami 19.973,88 gramm miqdorda quritilgan maydalangan holdagi hamda xonadoni mehmonxonasida polietilen paket ichida yog‘da qovurilgan 63,06 gramm giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud-kimyoviy ekspertizada fuqaro Xafiz A., xonadonidan olingan idishlar ichidagi moddalar tarkibida faol giyohvandlik modda “tetragidrokannabinol” mavjud bo‘lib, bu modda “Marixuana” deb atalishi, uning sof og‘irligi 19.973,88 grammni tashkil etishi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 01.10.2020 yilda Xafiz A.,ga nisbatan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25.273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Xafiz A., o‘zining aybiga to‘liq iqror bo‘lgan va unga nisbatan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov harakatlari yakuniga ko‘ra, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan 22.10.2020 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudiga yuborilgan.

Mavzuga doir:
Yashash xonadonida katta miqdorda nasha saqlagan o‘rtachirchiqlik fuqaro qammoqa olindi
Andijonda sevgan qiziga gap otganligi uchun janjallashgan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi