Rossiyaning Yandeks kompaniyasi Qozog‘iston hukumati bilan haydovchisiz taksilarni yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Bu haqda Yandeks kompaniyalari guruhi asoschisi va direktori Arkadiy Voloj Rossiya prezidenti Vladimir Putinning investorlar bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi deb xabar beradi TASS.

yandeks taksi yandex taxi
Foto: Sputnik

“Hozir Amerikada shahar bo‘ylab haydovchisi harakatlanish mumkin. Biz hozir Innopolis atrofida sayohat qilyapmiz. Innopolis yaxshi, ammo juda oddiy sharoitlarga ega juda kichik joy. Biz ushbu ko‘chalar bo‘ylab avtonom avtomobilda yurishni xohlaymiz, lekin unday qila olmaymiz, qonunchilik ruxsat bermaydi”, dedi Voloj.

“Biz hozir Qozog‘iston bilan haydovchisiz taksi loyihasini shu yerda qilish uchun muzokaralar olib boryapmiz”, deb qo‘shimcha qildi Arkadiy Voloj.

Shuningdek, TASS bilan suhbatlashgan Yandeks vakili ham kompaniya direktorining so‘zlarini tasdiqlagan va Qozog‘iston ular muzokaralar olib borayotgan bir nechta mamlakatlardan biri ekanligini ta’kidlab o‘tdi.