Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Google

Podpolkovnik Murod Raimov Toshkent shahar Yangihayot tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Murod Raimov Samarqand viloyati IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Umidjon Boyxonov Namangan viloyati Namangan shahri Davlatobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Umidjon Boyxonov Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-o‘zgalar mulkini talon-taroj qilishga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mavzuga doir:
Sherzod Toshmatov Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidentligiga saylandi
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosarligiga yangi nomzod ma’qullandi