Kardiff universiteti olimlari umumiy og‘iz chayish vositasi tupurikdagi koronavirusni o‘ldirishini aniqladilar, deb xabar berdi BBC.

Foto: SSV axborot xizmati

Buyuk Britaniyaning Kardiff universiteti tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ko‘pchilikka ma’lum og‘izni yuvish vositalari ishlatilgandan keyin 30 soniya ichida koronavirusni yo‘q qilishi mumkin.

Laboratoriya tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, og‘izni chayish tupurikdagi koronavirusni o‘ldirishi mumkin.

Ammo uning davolash usuli sifatida samarali ekanligi haqida hech qanday dalil yo‘q, chunki u nafas olish yo‘llariga yoki o‘pkaga kirib bormaydi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi.

Mavzuga doir:
Koronavirusni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan insonlar toifasi ma’lum bo’ldi
Koronavirusning yengil shakli ham xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin – olimlar