Nyu – York meri Bill de Blasio shaharda koronavirus tarqalishi munosabati bilan favqulodda holat rejimi joriy etilganini e’lon qildi. Bu haqida “Interfax” nashri yozmoqda.

Foto: Interfax

De Blasioning so’zlariga ko’ra, hozirgi kunda shaharda 95 kishi koronavirus bilan kasallangan. Uning ta’kidlashicha, 29 kishi majburiy karantinda, 1784 kishi – ixtiyoriy ravishda.

“Sizni ishontirib aytamanki, bizning hech birimiz buni qilishni xohlamadik. Ammo ayni vaqtda shu zarur” dedi shahar meri kun davomida shaharda sodir bo’layotgan ishlarning “xavotirli o’sishini” ta’kidlab.

Blasioning ta’kidlashicha, “inqiroz davri olti oy davom etishi mumkin.”

Merning qaroriga binoan Nyu – Yorkdagi ishchilarning 10% (taxminan 35 ming kishi) o’z vazifalarini masofadan turib bajaradilar.

Avvalroq Nyu – York shtatida koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlari kuniga kuniga bir yarim baravar ko’paygan.

O’tgan shanba kuni shtat gubernatori Endryu Kuomo favqulodda holat e’lon qilinganini ma’lum qilgan.