Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli dam olish kunlari komendantlik soati joriy etiladi, deya e’lon qildi mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on.

Foto: Sputnik

“Dam olish kunlari komendantlik soati joriy etiladi. Soat 10:00 dan 20:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘i bundan mustasno”, — degan Turkiya rahbari.

Shu munosabat bilan Turkiya rahbari barcha sport musobaqalari avvalgidek tomoshabinlarsiz o‘tkazilishini, kinoteatrlar esa yilning oxirigacha ochilmasligini ma’lum qildi.

Savdo markazlari, bozor va sartaroshxonalar kabi muassasalarning ish faoliyati soat 10:00 dan 20:00 gacha chegaralanadi. Restoran va qahvaxonalar olib ketish sifatida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.

Turkiyada 16-noyabr holatiga ko‘ra, 3,3 mingta yangi koronavirus holati kuzatildi. Pandemiya boshlangandan beri respublikada kasallanganlar soni 415 ming kishidan oshib ketdi.

Mavzuga doir:
Erdo’gʻan Pompeo bilan uchrashuvga vaqt topolmadi
Erdo’g’an Ozarbayjonga harbiy kuchlarini jo’natishni rejalashtirmoqda – OAV