Fransiyaning “Radio France Internationale” davlat radiosi saytida hozirgi kunda tirik bo‘lgan bir nechta mashhur kishilarning ta’ziyanomasini bexosdan e’lon qilib yuborishdi. Bu haqda “VVS” xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Fransiya OAV tomonidan “dafn etilgan” shaxslar ro‘yxatida Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, amerikalik aktyor va rejissyor Klint Istvud, braziliyalik futbolchi Pele, fransiyalik aktrisa Brijit Bardo, AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter, kubalik inqilobchi Raul Kastro va Eron oliy rahnamosi Ali Hameneiy bor.

Jami yuzga yaqin nekrologlarning qoralamasi e’lon qilingan. Radiostansiya vakillarining aytishicha, nekrologlarning e’lon qilinishi texnik nosozlik tufayli yuz bergan.

Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, muammo saytni boshqa bir boshqaruv tizimiga o‘tkazish paytida kelib chiqqan.

“Biz shunga daxldor bo‘lgan, bizni kuzatadigan va bizga ishonadigan barcha kishilardan uzr so‘raymiz”, — degan radio xodimi.

VVSning qayd etishicha, OAV va teleradioeshittirish vositalari ko‘pincha mashhur kishilarning o‘limidan xabar topgan zahoti ularni tezda e’lon qilish maqsadida nekrologlarini oldindan tayyorlab qo‘yishadi.

Mavzuga doir:
Qirolicha Yelizaveta II hali-veri taxtni boʻshatmoqchi emas
Yelizaveta II ni xafa qilishdi
Yelizaveta II ning nabirasi qirolichaga “qiziqarli” sovg’a berishni va’da qildi