O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining birodar qirg‘iz xalqiga do‘stona yordami yo‘lida tashkil etilgan insonparvarlik karvoni jo‘natildi.

Foto: Turmush KG

Bugun, 17 noyabr kuni uch ming tonna bug‘doy ortilgan poezd Andijon shahrining “Andijon” temir yo‘l bekatiga yetib keldi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida poezd Qirg‘izistonning O‘sh shahriga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati 15-noyabr kuni maxsus samolyotda Qirg‘izistonga tibbiy anjom va dori-darmonlardan iborat insonparvarlik yordami yuborgandi.