It egalarining koronavirusni yuqtirish xavfi uy hayvoni boqmaydiganlarga qaraganda ancha yuqori, degan xulosaga kelishdi Granada universiteti va Andalusiya jamoat salomatligi maktabidagi ispan olimlari. Ularning tadqiqot natijalari esa ScienceDirect portalida e’lon qilindi.

Foto: Google

Tadqiqot natijalari koronavirusni yuqtirib olgan yoki uni boshidan o‘tkazgan 2086 nafar ispan o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslangan.

Buni qarangki, it bilan sayr qilish virusni yuqtirish xavfini 78 foizga oshirgani ma’lum bo‘lgan.

“Xavfning oshishiga nima sabab bo‘lgani hali aniqlanmadi. Hozirgi kunda odamlarda kasallikni tashxislash uchun resurslar yetishmasligini hisobga olsak, bunday tashxisning itlarga qo‘yilishi ehtimoldan yiroq”, — deya ta’kidlagan tadqiqot mualliflaridan biri, professor Kristina Sanches-Gonsales.

Mutaxassislarning fikricha, uy hayvonlari jamoat joylarida buyumlarning yuzasidagi virusni yuqtirib, COVID-19 tashuvchisiga aylanishi mumkin.

Shuning uchun itlarni har safar sayr qildirib kelgandan so‘ng profilaktika maqsadida gigiyena choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

Mavzuga doir:
Koronavirusning yengil shakli ham xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin – olimlar
Insoniyat global viruslar xavfi ostida – olimlar