Bugungi kunga kelib dunyoda Covid – 19 koronavirusi bilan kasallangan 131,627 kishiga yetdi, infeksiya qurbonlari soni 4931 kishiga yetdi, 68 mingdan ortiq kishi tuzalib ketdi, deb xabar beradi “South China Morning Post” gazetasi, tegishli mamlakatlarning rasmiy ma’lumotlariga asoslanib.

Foto: South China Morning Post

Materik Xitoyda – 80793 bemor (3169 ta vafot etgan), Italiya – 15113 (1016 ta vafot etgan), Eron – 10075 (429 ta vafot etgan), Janubiy Koreya – 7869 (67 ta vafot etgan), Ispaniya – 2950 (84 ta vafot etgan), Fransiya – 2281 (48 ta vafot etgan), Germaniya – 1567 (uchta o’lim), Yaponiyada Yokohamadagi karantin qilingan kruiz kemasini hisobga olan holda – 1316 (22 ta vafot etgan), AQSh – 987 (35 ta vafot etgan).

Ma’lumotlarda so’ngi kun ichida Xitoy va Janubiy Koreyadagi vaziyat o’zgarishi haqida yangi ma’lumotlar hozircha mavjud emas.

Xabarlarga ko’ra, JSST Bosh direktori Tedros Adhan Gebreysus chorshanba kuni dunyoda koronavirus tarqalishi davom etayotgani sababli pandemiya haqida e’lon qilgan edi.

“Biz Covid – 19 bilan bog’liq vaziyatni pandemiya deb ta’riflash mumkin degan xulosaga keldik”, dedi u Jenevadagi matbuot anjumanida.