O‘zbekiston 2020-yilning dastlabki 9 oyida xorijdan qiymati 15,3 mln. AQSh dollariga teng 23,1 ming tonna banan sotib olgan.

Foto: Google

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 1,6 ming tonnaga yoki 3,5 mln. AQSh dollariga kam.

Joriy yilda O‘zbekistonga banan asosan Ekvador davlatidan (14,8 mln. AQSh dollari) olib kirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekistonga banan eksport qilgan davlatlar:

  • Ekvador – 14,8 mln.;
  • Rossiya Federatsiyasi – 109,7 ming ;
  • Qozog‘iston – 103,1 ming;
  • Qirg‘iz Respublikasi – 96,5 ming ;
  • Xitoy – 91,4 ming;
  • Meksika – 45,2 ming dollar.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda banan importi asosan Toshkent shahri (11,1 ming t.), Farg‘ona (6,0 ming t.) hamda Toshkent (3,1 ming t.) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga doir:
Jahonda banan taqchilligi yuzaga kelishi mumkin
JAR olimlari banan bargidan avtomobil ishlab chiqarishni taklif qilishmoqda