O‘zbekiston 2020-yilning dastlabki 10 oyida xorijga qiymati 25,0 mln. AQSh dollariga teng 48,3 ming tonna xurmo eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 20,9 ming tonnaga yoki 5,7 mln. AQSh dollariga ko‘p.

O‘zbekiston xurmosi asosan Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi hamda Qirg‘iz Respublikasiga eksport qilingan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 10 oy mobaynida O‘zbekiston xurmo eksport qilgan davlatlar:

  • Qozog‘iston – 26,4 ming t.;
  • Rossiya Federatsiyasi – 17,3 ming t.;
  • Qirg‘iz Respublikasi – 1,8 ming t.;
  • Ukraina – 1,2 ming t.;
  • Turkmaniston –1,1 ming t.;
  • Belarus – 457,2 t.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda xurmo ekporti asosan Toshkent (16,1 ming t.) va Farg‘ona viloyatlari (9,9 ming t.) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga doir:
Go‘sht mahsulotlari narxi yil boshidan 15 foizga qimmatlagan
Aholi tomonidan dollar sotib olish uch baravarga oshdi