Oʻzbekiston va Tojikiston katta Hisor kanalini tozalash ishlarini boshladi, deb xabar qildi “Sputnik”.

Foto: Sputnik

Umumiy hisobda taxminan 18 kilometr joy axlat va qulagan daraxtlardan tozalash rejalashtirilgan.

Katta Hisor kanalini tozalash ishlari 8 mart kuni boshlandi. Hisor qishlogʻidan kanal boshi – Sino tumanidagi Dushanbe daryosiga qadar ishlar davom etmoqda. Kanalning 3 kilometr joyi tozalandi.

Oʻzbekiston obʼyektga 9 ta ekskavator, Tojikiston tomoni uchta maxsus texnikani va 30 ishchini yubordi.