Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an yangi turdagi koronavirusning tarqalishi sababli tashqi tashriflarini muddatsiz qoldirdi. Bu haqida payshanba kuni “Anadolu” xabar berdi.

Foto: RenTv

Uning so’zlariga ko’ra, Turkiya rasmiylari 16 martdan boshlab bir hafta davomida boshlang’ich va o’rta maktablarni, universitetlarni esa uch hafta davomida xuddi shu sanadan boshlab yopishga qaror qilgan. Erdo’g’an vakili universitet talabalari 23 martdan boshlab masofaviy o’qishni boshlashini qo’shimcha qildi.

Barcha sport tadbirlari aprel oxirigacha tomoshabinlarsiz o’tkaziladi, deya qo’shimcha qildi Kalin.

Chorshanba oqshomida Turkiyada yaqinda Yevropadan qaytgan Turkiya fuqarosida koronavirusning yangi turi aniqlangan edi. Uning ahvoli barqaror, u karantindaligi aytilmoqda.