Ushbu ma’lumotnomani yagona portal orqali yuklab olish mumkin.

Foto: Norma

Endilikda Doimiy va vaqtinchalik yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma yoki 17-forma ma’lumotnomasini Ichki ishlar bo‘limlariga murojaat qilmasdan olish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar berdi.

Buning uchun Yagona portal (my.gov.uz) orqali “Doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma”xizmatini tanlab ma’lumotnomani Onlayn tarzda oling. Xizmat avtomatlashtirilgan va qisqa muddat ichida taqdim etiladi.

Davlat xizmatiga o‘tish uchun havola.

Mavzuga doir:
DXA Andijon viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Karantin paytida 26 mingdan ortiq yuridik shaxslar ro’yxatdan o’tgan