Kecha, 16-noyabr kuni Toshkentdagi “Milliy” stadion anjumanlar zalida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Google

Shavkat Mirziyoyevning 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzolagandi.

Unga ko‘ra, kelasi yildan boshlab davlat organlari rahbarlari va barcha xodimlari ish vaqtidan so‘ng haftada kamida bir marta jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishadi.

Rahbarlar shaxsiy namunalari orqali semizlik darajasini kamaytirish, vazn ko‘rsatkichlarini yaxshilash, salomatlikni mustahkamlash uchun qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Davlat organlari jamoa shartnomalarida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari joriy qilinadi.

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Otabek Hasanovning ta’kidlashicha, mazkur Memorandum davlat organlari hamda tashkilotlari rahbar va xodimlarini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, jismoniy faolligini oshirish, ular o‘rtasida turli musobaqalar tashkil etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilab beradi.

O‘zaro anglashuv memorandumiga ko‘ra, Agentlik hamda vazirlik davlat organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishini tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish, barcha tashkilotlarda mehnat unumdorligini oshirishda sportning muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ibot va tashviqot qilishga qaratilgan tadbirlarni o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Mavzuga doir:
O’rta tibbiyot xodimlaridan “tibbiy brigada”lar tuziladi
Oilaviy shifokorlarga 30 million so’m beriladi
Oʻzbekistonda oilaviy shifokorlar paydo boʻladi