Xitoyning Huawei telekommunikatsiya korporatsiyasi bugun o’zining “Honor” brendi ostidagi smartfon biznesining bir qismi sotilishini e’lon qildi.

Foto: TASS

“Huawei <…> Honor’ning barcha aktivlarini Shenzhen Zhixin New Information Technology’ga sotishga qaror qildi”– deyiladi Huawei xabarida.

Buning sababi sifatida kompaniya mobil qurilmalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan “texnik tarkibiy qismlarning doimiy ravishda mavjud emasligini” keltirgan.

Qayd etilishicha, bitim tugagandan so’ng Huawei “aksiyalarga ega bo’lmaydi yoki “Honor”ning yangi kompaniyasida boshqaruv va qaror qabul qilishda ishtirok etmaydi”.

Mavzuga doir:
“Huawei” ilk bor smartfon sotish bo‘yicha jahonda yetakchiga aylandi