Koronavirus pandemiyasini tugatish uchun bitta vaksina yetarli emas. Hali ham ehtiyot choralari, ommaviy testlar va kontaktda bo‘lgan kishilarni aniqlashda davom etish lozim. Bu haqda JSST rahbari Tedros Gebreyesus Moderna vaksinasining samaradorligi to‘g‘risidagi ma’ruzalar paytida ma’lum qildi.

Foto: Google

Dushanba kuni ommaviy axborot vositalarida Amerikaning Moderna kompaniyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan vaksinaning uchinchi, ya’ni klinik sinovlarining so‘nggi bosqichida uning samaradorligi 94,5 foizni tashkil etganligi haqida xabar berildi.

Sinovlar davomida 95 kishi koronavirus bilan kasallangan, ulardan 90 nafari emlash o‘rniga platsebo qabul qilgan. Barcha 11 og‘ir holatlari nazorat guruhida, ya’ni platsebo in’eksiyasini olganlarda sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan birgalikda Pfizer kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinasi samaradorligi haqida e’lon qilingandi.

Tashkilot rahbarining aytishicha, hatto klinik sinovlar tugagandan so‘ng ham va bozorda vaksina paydo bo‘lganidan keyin ham, uni olish cheklanganligini ta’kidlagan.

“Dastlab yetkazib berish nazorat qilinadi, sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari, keksalar va boshqa xavf ostida bo‘lgan aholi birinchi o‘rinda turadi. Bu o‘lim sonini kamaytiradi va sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlaydi”, – degan u.

Uning ta’kidlashicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vaksinalarning samaradorligi haqidagi yangiliklarga nisbatan “yehtiyotkor optimizm” bilan qarashini unutmaslikka chaqirdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi.

Mavzuga doir:
Dunyoda koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashdi – JSST
Davlatlarga COVID-19 aniqlaydigan 120 million ekspress-test tarqatiladi – JSST