Bugun, 16-noyabr kuni faol Stromboli vulqonidagi kraterlardan birida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Italiyaning Il Mattino gazetasi xabar berdi.

Foto: Voakorea

Vulqon Sitsiliya shimolidagi Tirren dengizidagi Stromboli orolida joylashgan.

Nashrning ma’lum qilishicha, u 100 m. balandlikka uloqtirgan kul odamlar yashaydigan hududlarni qoplagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.

Stromboli vulqoni uchta kraterdan iborat. 2019-yil iyulda vulqon otilishi natijasida bir kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi yengil jarohatlangan. Uning oxirgi yirik faolligi 2009-yilda qayd etilgan.

Mavzuga doir:
Sumatra orolida Sinabung vulqoni uyg‘ondi
Venera sayyorasida olimlar ilk marta faol vulqonlarni aniqlashdi