Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi.

Foto: O’zA

Test sinovlari tashkil etilish tartibi oliy ta’lim test jarayonlariga o‘xshab ketadi. Ya’ni, ikki bosqichda o‘tkaziladi. Abituriyentlar test sinovlari belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelishi talab etiladi.

Test sinovlariga faqat pasport va ruxsatnoma bilan kiritiladi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fanidan iborat bo‘lib, har bir fanda — 30 tadan savol bo‘ladi. Har bir fan uchun 1 soatdan vaqt ajratiladi.

Umumiy ball – 189 balni tashkil etadi. Bunda birinchi blok uchun 3.2 ball, 2 blok uchun 3.1 ball beriladi.

Avvalroq, kollej va texnikumlarda joriy o‘quv yili uchun kontrakt narxi ma’lum qilingandi.

Eslatib o’tamiz, kollej va texnikumlarga imtihonlar 20-noyabrdan 30-noyabrgacha o‘tkaziladi.