Qozog’iston Prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan respublikada koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini ishlab chiqaradigan zavod qurish to’g’risida kelishuvga erishganini aytdi.

Foro: RIA Novosti

Kreml matbuot xizmati 11-noyabr kuni To’qayev va Putin telefon orqali suhbat o’tkazganliklari, xususan, ular ikki tomonlama kun tartibidagi bir qator dolzarb mavzularga to’xtalib, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirishga, shu jumladan Qozog’istonda vaksinalarni birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish rejalariga to’xtalib o’tishgan.

Qozog’iston Respublikasi rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, To’qayev koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar to’g’risida yig’ilish paytida kelishuvga erishilganligini ma’lum qildi.

Rossiya prezidenti bilan Rossiya vaksinalarini ishlab chiqaradigan zavod qurish to’g’risida kelishuvga erishdim. Hukumat ushbu zarur loyihaga investitsiyalar jalb qilish bo’yicha muzokaralarni boshlab yuborgan“, – degan To’qayev.

Uchrashuv davomida Prezident, shuningdek, ikkita Qozog’iston vaksinasi dunyodagi eng istiqbolli biologik mahsulotlar qatoriga kirganini va klinik sinovlardan o’tayotganini aytgan.

“Hukumatning eng muhim vazifasi – mahalliy vaksinani ishlab chiqarishga kechiktirmasdan yo’lga qo’yish. Ro’yxatdan o’tkazish tartibini soddalashtirish va vaksinalarni tajriba va sanoat ishlab chiqarish zavodi qurilishini vaqtida yakunlash kerak”, – deya qo’shimcha qilgan davlat rahbari.

Avvalroq koronavirusga qarshi Qozog‘iston olimlari yaratgan QazCovid-in vaksinasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Bugungi kunga kelib, sinov natijalari shuni ko‘rsatadiki, JSST tomonidan tartibga solinadigan barcha parametrlarga ko‘ra, ya’ni toksikligi, pirogenligi, alergenligi, immunogenligi bo‘yicha Qozog‘iston vaksina JSST va Qozog‘iston Respublikasi Davlat farmakopeyasi talablariga javob bergan.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 1-avgustda Qozog‘iston Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti ishlab chiqqan ikkinchi vaksina ham Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti veb-saytida nomzod vaksina sifatida muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tganligi ma’lum qilingandi.