Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Farg‘ona shahar prokuraturasiga yuborilgan. Bu haqda Farg’ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Navoiy viloyati IIB axborot xizmati

Farg‘ona shahrida shu yil 14-noyabr kuni O‘zbekiston ovozi ko‘chasida xizmat olib borayotgan, YPX inspektori “Cobalt” rusumli avtomashinasini tekshirish uchun to‘xtatganda, haydovchi o‘zini “Nodir” deb tanishtirgan shaxs YPX inspektoriga tegishli hujjatlarini taqdim qila olmagan.

Shu sababli YPX inspektori tomonidan belgilangan tartibda mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashinani vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib kirgan.

Ammo haydovchi shu kuni “Nodir” YHXB xodimi Sh.U. ni oldiga kelib, avtomashinani jarima maydonidan olib chiqib berishga yordam berishini, evaziga 500 000 ming so‘m miqdorida pora taklif qilgan.

Unga huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan, haydovchi pora taklif qilishda davom etgan.

Mavzuga doir:
Qozog’istonda qullikda bo‘lgan 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qutqarildi
Rishtonda “prava”sini tiklab bermoqchi bo‘lib, fuqarodan pul olgan shaxs javobgarlikka tortildi

Mazkur holat yuzasidan YHXB xodimi Sh.U. ning bildirgisiga asosida O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘XB Farg‘ona viloyati bo‘yicha bo‘limi, Farg‘ona viloyati IIB JQB KvaIJQKB hamda Farg‘ona shahar prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Nodir” ismli shaxs YHXB xodimi Sh.U. ga jami 400 000 so‘m pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, mazkur pullar xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Farg‘ona shahar prokuraturasiga yuborilgan.