Tashqi ishlar vazirligi bu haqida xabar bermoqda.

Tashqi ishlar vazirligi TIV
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekistonning Bishkek shahridagi Elchixonasiga Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining notasi kelib tushdi. Unda 2020 yil 1 martdan boshlab so‘nggi 30 kun ichida COVID – 19 koronavirusi bilan kasallanishning o‘sishi va uning tarqalishi kuzatilayotgan davlatlarga borgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘q shaxslarning davlat chegarisidan o‘tkazish punktlari orqali ushbu mamlakatga kirishlari uchun joriy qilingan vaqtinchalik cheklashlar haqidagi Hukumat qarori to‘g‘risida xabar qilinadi.

“Noqulay epidemiologik holat” kuzatilayotgan davlatlar ro‘yxati Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va muntazam yangilanib boriladi.

Shu munosabati bilan TIV mamlakatimiz hududi orqali Qirg‘izistonga borishni rejalashtirgan O‘zbekiston va boshqa davlatlarning fuqarolaridan Qirg‘iziston Hukumatining yuqorida aytib o‘tilgan qarorini hisobga olishni so‘raydi va Qirg‘iziston hududida bo‘lib turgan fuqarolarimizga zarur holatlarda mamlakatimizning Bishkek shahridagi Elchixonasiga +996-312-986-296 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.