Joriy yilning 10-noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida 11 yoshli I. otasiga tegishli “Damas”ni minib, mahalladagi savdo do‘konidan oziq-ovqat mahsulotlari olib kelishga chiqqan vaqtida 2 yoshli I. ni urib yuborgan, deb yozmoqda Xalq so‘zi.

Foto: O’zA

YTH oqibatida sarosimaga tushib qolgan 4-sinf o‘quvchisi voqea joyidan qochib ketgan. 2 yoshli qizchaga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmagani sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumadi.

Bog‘dod tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori Ahror Jakbarovning ma’lum qilishicha, ayni paytda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi umumta’lim maktablaridan birining 4-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bolakay uyi oldida otasi kaliti bilan qoldirgan “Damas”ni ruxsatsiz haydagan va boshqaruvni eplay olmay avtohalokat sodir etgan.

Mavzuga doir:
Rishtonda “prava”sini tiklab bermoqchi bo‘lib, fuqarodan pul olgan shaxs javobgarlikka tortildi
Farg‘onada noqonuniy “xo‘roz o‘yini”ni tashkil qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi
Termizda prokuratura xodimlari YTH qurboniga aylandi