Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi (XOQ) 2021-yilda Tokio Yozgi Olimpiya o’yinlarida ishtirok etadigan sportchilar va boshqa jamoa a’zolarini koronavirusga qarshi vaksinalar bilan ta’minlashga yordam beradi. Bu haqda bugun Kyodo agentligi xabar berdi.

Foto: CGTN

Ta’kidlanishicha, ushbu masala, xususan, mamlakat Bosh vaziri Yosixide Suganing XOQ rahbari Tomas Bax bilan bugun Yaponiya poytaxtida bo’lib o’tgan uchrashuvida muhokama qilingan.

Hukumat rahbari ilgari ushbu muzokaralar yakunlari bo’yicha jurnalistlarga aytganidek, Yaponiya va XOQ rahbariyati o’yinlar koronavirus pandemiyasini yengishga qodir bo’lgan insoniyat birligining ramziga aylanib, xavfsizlik sharoitida muvaffaqiyatli o’tkaziladi degan fikrda.

Tokio Olimpiadasi 2020-yil 24-iyuldan 9-avgustgacha bo’lib o’tishi kerak edi. Pandemiya sababli musobaqa bir yilga qoldirildi va endi 2021-yil 23-iyuldan 8-avgustgacha bo’lib o’tadi. Shu bilan birga, Tokio-2020 o’yinlarining nomi ham saqlanib qoladi.

Olimpiada uchta asosiy printsip asosida tashkil etilishi rejalashtirilgan: xavfsiz muhitni ta’minlash, xarajatlarni minimallashtirish va formatni soddalashtirish.

Mavzuga doir:
Tokio Olimpiadasiga borgan xorijliklar karantinga olinmaydi
Tokio Olimpiadasining mash’ala estafetasi kelasi yil 25-martda start oladi