Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov kelasi yil 10-yanvarda bo‘ladigan prezidentlik saylovida qatnashishi, kecha tunda esa shu sabab iste’foga chiqqani haqida xabar bergan edik.

Foto: Sputnik

Sputnikning xabariga ko’ra, endi Qirg’iziston Respublikasi Jogorku Kenesh spikeri Talant Mamitov vaqtinchalik prezidentlik vazifasini bajarib tursa, Artyom Novikov saylov natijalariga qadar hukumatni boshqaradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda bo‘lajak prezident saylovida qatnashadigan nomzodlar soni ayni paytgacha 50 dan oshgan. Ammo ro‘yxatga olish jarayonlari hali davom etmoqda.

Da’vogarlar orasidan Japarovdan tashqari oldingi spiker Kanat Isayev, parlamentning qator sobiq a’zolari va boshqalar o‘rin olgan. 

Eslatib o’tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchisi Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergan edik.