O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. Komilov Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi raisi A. Bastrikin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Bu haqida Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati

Uchrashuv davomida mehmonlarga mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi qonunchilik asoslarini mustahkamlash, sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish, sudlar faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida batafsil ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi sud hokimiyatining mustaqilligi, fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoyasini ta’minlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirishdan iborat.

Uchrashuv doirasida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida A. Bastrikin K. Komilovni Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining “Za zaslugi” medali bilan taqdirladi.

O’zbekistonga tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasining Tergov qo‘mitasi Raisi Aleksandr Bastrikin bugun, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan ham sal avval uchrashganligi haqida xabar berilgan edi.