Eron ikki xil vaksinani insonlarda sinab ko’rishni boshladi, deb xabar berdi Fars nashri Eron mamlakat Sog’liqni saqlash fanlari universiteti rektoriga tayanib.

Foto: Nature

Agentlikning xabar berishicha, vaksinani sinovdan o’tkazish uchun ko’plab ko’ngillilar allaqachon jalb qilingan.

Eron avvalroq uning samaradorligi Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlanishi bilanoq chet eldan vaksina sotib olishga tayyorligini bir necha bor bildirgandi. Shu bilan birga, hozirgi paytda mamlakat ushbu yo’nalishda o’z ishlanmalarini amalga oshirmoqda.

Mamlakatda shu vaqtgacha koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlari soni 749 525 kishiga, vafot etganlar esa 41 034 nafarga yetdi.

Mavzuga doir:
Koronavirusga qarshi qozoq vaksinasining bir dozasi qancha turishi ma’lum bo’ldi
Hindistonda koronavirusga qarshi vaksina sinovining yakuniy bosqichi boshlandi