UEFA Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining 2019/20 yilgi mavsum bellashuvlarini to‘xtatadi. Bu haqida “Marca” nashri xabar tarqatmoqda, deb yozadi “Sports” nashri.

Foto: Sports

Yuqoridagi manbaga ko‘ra Yevropa futbol ittifoqi bu borada qarorni qabul qilib bo‘lgan va tez orada rasman e’lon qiladi, deyiladi xabarda.

Musobaqalarning to‘xtalishiga sabab koronavirusning qit’ada keng tarqalishi bilan bog‘liq.

Aytish kerakki, hozirgi kungacha sayyoramizning 126 ming nafar insoni ushbu virusni yuqtirib olgan. Ularning 4,5 mingdan ortig‘i o‘lim bilan yakunlangan.