Davlatimiz rahbari tomonidan ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va sohaga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etishda kadrlar tayyorlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi, deya ta’kidlaydi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.

OTM talaba dtm universitet
Foto: Darakchi

Ibrohim Abdurahmonov bu haqida so’z yuritar ekan, bir necha yillar davomida bu soha uchun kadrlar tayyorlashda muammolar kuzatilgan. Aniq-tiniq tizim yo‘q edi va bu holat Prezident tomonidan adolatli va qattiq tanqidga uchradi.

Davlatimiz rahbari tomonidan universitetlarda ekologiya fakultetlarini tashkil etish, soha uchun alohida ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtini tashkil etish haqida ko‘rsatmalar berildi.

Ekologiyaga uzoq yillar davomida biologiya fanining bir bo‘limi sifatida qaralgan, vaholanki u aslida multidissiplinar fandir va ekologiya fakultetlarini tashkil qilayotganda shularni e’tiborga olish rejalashtirilmoqda.

Turli sohalarni ekologiya qamrab oladi, shuning uchun ham multidissiplinardir.

Ta’kidlash lozimki, bugungi kunga qadar zamonaviy moddiy-texnika bazasi va kadrlar yetishmasligi tufayli bu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarida loqaydlik yuzaga keldi.

Shuning uchun bugungi kunning dolzarb vazifasi, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, sohaga maqsadli grantlar jalb etish, ularning portfelini shakllantirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni yo‘q qilish bo‘yicha kichik startap loyihalarini amalga oshirish uchun davlat – xususiy hamkorlikni kengaytirish, sohaga yosh mutaxassislarni jalb etish va xorijda stajirovka tashkil etishdan iborat, deydi.