Holat bo‘yicha IJQKD Uychi tuman bo‘limi tomonidan shu yil 13-noyabr kuni O‘z.R JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Shu yil 3-noyabr kuni, Uychi tumani IIB YHXG davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati katta inspektori O‘z.R IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limiga bildirgi orqali murojaat qilib, shu kuni soat 09:25 larda, Uychi tumani markazida xizmat olib borayotgan vaqtida, Damas rusumli avtomashina haydovchisi, Uychi tumanida yashovchi, 1966-yilda tug‘ilgan fuqaro tegishli hujjatlarsiz boshqarayotganligi aniqlanib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganligi va avtomashinani jarima maydoniga olib kirib qo‘yganligini, haydovchi avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berish evaziga 1 000 000 so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilayotganligini ma’lum qilgan.

Ushbu holat bo‘yicha IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limi va viloyat IIB JQB KIJQKB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida, Uychi tumani Beruniy MFY Beruniy ko‘chasida joylashgan tuman IIB YHXGning jarimalar maydonchasida fuqaro tuman IIB YHXG katta inspektoriga 925 000 so‘m pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat bo‘yicha IJQKD Uychi tuman bo‘limi tomonidan shu yil 13-noyabr kuni O‘z.R JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:
Namanganda uch opa-singilni urgan erkakka qonuniy chora ko‘rildi
Namanganda “Damas” bilan to’qnashgan yuk mashinasi yo’lovchisi vafot etdi