Prezident qaroriga (PQ-4890-son, 12.11.2020 y.) muvofiq, Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladi.

Foto: Google

Loyiha doirasida:

  • birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida oilaviy shifokor, uning o‘rta tibbiyot xodimlaridan iborat terapiya va pediatriya yo‘nalishlari bo‘yicha yordamchilari, patronaj hamshiralari va doyadan tashkil topgan guruhlar tuziladi;
  • har bir tibbiyot muassasasi darajasida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketi (kafolatlangan paket) ishlab chiqiladi;
  • kafolatlangan paket asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va to‘liq tibbiy yordam ko‘rsatilishini moliyalashtirishga qaratilgan davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Mavzuga doir:
40 yoshdan kattalarda yurak qon-tomir xavfini aniqlash bo’yicha skrining tekshiruvlari o’tkaziladi
Sirdaryoda “tibbiyot klasteri” doirasida OTM tashkil etiladi
OTMlarga sog‘lom turmush tarziga yordamlashuvchi volontyorlar jalb etiladi