Qirgʻiziston hukumati qoshidagi monopoliyaga qarshi kurashish davlat agentligi respublikada goʻsht narxi nega oshib borayotganiga izoh berdi.

Foto: Uzreport

Bu jarayon Qozogʻistonda yirik shoxli chorva mollari eksportiga cheklovlar kiritilgani bilan bogʻliq, deya tushuntirgan agentlik.

“Qozogʻistonda chorva eksportiga kiritilgan taʼqiq tufayli Qirgʻizistonda chorva mollari Oʻzbekiston va Tojikiston tomonidan ommaviy xarid qilina boshladi. Bundan tashqari, olib sotarlarning aksariyati vaziyatdan foydalanib, narxni oshirib yubordilar, — deyiladi xabarda.

Qirgʻizistonda ham qishloq xoʻjaligi goʻsht sektoriga yangicha yondashuvlar kerak. Vazirlik Qozogʻiston sxemasini qoʻllash masalasini oʻylab koʻrishi zarur”.

Avvalroq Rossiyaniung V.M. Gorbatov nomidagi oziq-ovqat tizimlari ilmiy tadqiqot markazlari va IT-texnologiyalarini iqtisodiy-tahlil tadqiqoti markazi rahbari Dmitriy Gordeyev Qozogʻiston tomonidan chorva eksportiga kiritilgan taʼqiqdan soʻng Oʻzbekistonga goʻsht xom-ashyosi yetishmovchiligi muammosini hal qilishga Belarus yordam bergani haqida aytgan.

Oʻzbekistonda bunga qadar Qozogʻiston eng koʻp goʻsht yetkazib beruvchi boʻlgan boʻlsa, endi bozordagi bu ulushni Belarus egallab olishni rejalashtirmoqda. Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga koʻra Belarus Oʻzbekistonga eng yirik goʻsht yetkazib beruvchi maqomini olgan.

Mavzuga doir:
Qozog’istonda chorva mollari soni sezilarli darajada ko’paymoqda
Qozog‘istonda avtoyo‘llar yoqasiga mollarni ho‘rkitadigan moslamalar o‘rnatilmoqda