Koronavirusga qarshi Qozog‘istonda ishlab chiqilgan vaksinaning taxminiy qiymati e’lon qilindi, deb xabar berdi Kazinform muxbiri.

Foto: Google

“COVID-19’ga qarshi mahalliy vaksinaning narxiga kelsak, vaksinaning 1 dozasini yaratishga 2,5 AQSh dollari sarflanadi. Bu faqat vaksinaning tannarxi.

Bundan tashqari, uni tashish, ya’ni yetkazib berish va boshqa xarajatlar bor. Shuning uchun, menimcha, 1 vaksinaning asosiy qiymati 2,5 AQSh dollaridan oshadi.

Ammo, bizning ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston vaksinasini arzon deb hisoblash mumkin”, – dedi mamlakat Ta’lim va fan vazirligi Ilmiy qo‘mitasi biologik xavfsizlik ilmiy-tadqiqot instituti bosh direktori Kunsulu Zakarya “GYLYM TALKS” onlayn-loyihasi davomida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy vaksina bilan eng avvalo xavf ostida bo‘lgan odamlar emlanishi kerak.

“Avvalo, tibbiyot mutaxassislariga beriladi. Chunki, dunyoning barcha mamlakatlarida faqat bitta taktika mavjud, bu avval xavfli guruhga kirgan va ular bilan aloqada bo‘lgan odamlarni emlash lozim”, – dedi u.

Avvalroq koronavirusga qarshi Qozog‘iston olimlari yaratgan QazCovid-in vaksinasi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Bugungi kunga kelib, sinov natijalari shuni ko‘rsatadiki, JSST tomonidan tartibga solinadigan barcha parametrlarga ko‘ra, ya’ni toksikligi, pirogenligi, alergenligi, immunogenligi bo‘yicha Qozog‘iston vaksina JSST va Qozog‘iston Respublikasi Davlat farmakopeyasi talablariga javob bergan.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 1-avgustda Qozog‘iston Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti ishlab chiqqan ikkinchi vaksina ham Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti veb-saytida nomzod vaksina sifatida muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tganligi ma’lum qilingandi.