Istanbulning Fotih tumanida yo‘l chetida Behzodbek Abdurahmonovni pichoqlab o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi Javohirbek J. aeroportda soxta pasport bilan qochishga uringanida Turkiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar berdi.

Amalga oshirilgan jinoyat hodisasi xavfsizlik kameralarida to‘liq aks etgan.

Fotih tumanida yuk jo‘natuvchi firmada ishlab kelgan Behzodbek Abdurahmonov va Javohirbek J. yo‘l chetida gaplashib turganida tortishib qoladi. Shu payt belidan pichoq chiqargan Javohirbek J. tanishiga ketma-ket pichoq sanchadi va hodisa joyidan qochib ketadi.

Og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan Behzodbek Abdurahmonovning hayotini shifokorlar saqlab qola olmaydi.

Politsiya surishtiruv ishlarini olib boradi va jinoyatchining soxta pasport bilan mamlakatdan qochmoqchi bo‘lgani aniqlanadi. Aeroportda tegishli choralarni ko‘rgan politsiya jinoyatchini tezkor tadbirda qo‘lga olib, tergov qilgan.

Qayd etilishicha, politsiya jinoyat ishi bo‘yicha barcha jarayonlarni tugatgan va O‘zbekiston fuqarosi qamoqxonaga yuborilgan.

Mavzuga doir:
Turkiya jamoat joylarida chekishni taqiqlab qo‘ydi
Namanganda uch opa-singilni urgan erkakka qonuniy chora ko‘rildi