Rossiyalik kurashchi Fyodor Yemelyanenko Bellator tashkilotining chempionlik unvoni uchun jang qilish niyati borligini bildirgan. Bu haqda uning o‘zi payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti

“Men jahon chempioni unvoni uchun kurashmoqchiman”, — deya ta’kidladi sportchi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda amerikalik Rayan Beyder og‘ir vaznda Bellator chempioni hisoblanadi. Yemelyanenko o‘tgan yil yanvar oyida birinchi raundning o‘zidayoq undan nokautga uchragandi.

Rossiyalik kurashchi o‘zining oxirgi jangini 2019-yil dekabrda o‘tkazdi. O‘shanda u amerikalik Kuinton Jeksonni nokaut qilgandi. Yemelyanenkoning hisobida jami 39 g‘alaba, 6 mag‘lubiyat bor, yana bitta jang o‘tkazilmagan deb topilgan.

Mavzuga doir:
“Liverpul” futbolchilaridan birida koronavirus aniqlandi
Chempionlar Ligasining 2020/21 yilgi mavsumiga qur’a tashlandi