Foto: Grantlar.uz

Londonning ba’zi qismlarida musulmonlar aholining 50 foizini tashkil etadi. Holat shu darajada qolsa, mazkur joylarda yaqin o‘n yillikda musulmonlar aksariyatni tashkil etishi aniq.Bu haqida Azon.uz internet nashri yozmoqda

Rasmiy ma’lumotlarga asosan, Angliya, Shotlandiya va Uelsning musulmon aholisi 3 363 210 nafar, ya’ni, aholining umumiy sonining 5,9 foizidir, deb yozadi IslamNews The Sun ma’lumotlariga tayanib.

2018 yil ma’lumotlaricha Londonda 1,26 million nafar Islomga e’tiqod qiluvchilar yashagan, bu poytaxt aholisining 14,2 foizidir.

Musulmonlar soni ortar ekan, xristianlar soni kamayib bormoqda. Sikxlar, yahudiylar va buddistlarning soni avvalgi darajada qoldi.